top of page
Search

“Jondahor ota” ziyoratgohi haqida

Forish tumanining tog‘li Garasha qishlog‘ida yana bir Muhammad Sharif (Mavlono Grekushoh) nomi bilan aziz bo‘lgan ikkita ziyorat manzili bor. Birinchisi, u kishining xonaqohi bo‘lsa, ikkinchisi “Jondahor ota” (“jonga rohat beruvchi”, “jonga darmon beruvchi” ma’nosida) ziyoratgohi hisoblanadi. Ziyoratgoh nazoratchisi, Saidmurod ota Tolipov shunday yozadi:

“Muhammad Sharif (Mavlono Grekushoh) payg‘ambarzodalardan bo‘lib,  payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning qizi Bibi Fotimadan chiqqan Imom Husayn, Imom Zaynul Obidin avlodlaridan bo‘lib, Xoja Ahmad Yassaviy hazratlarining shogirdlaridan edi. Ustozlari uni bir oq tuyaga mindirib fotiha berib jo‘natadilar. Tuyalari o‘sha “Jondahar ota” manzilgohiga kelib to‘xtaydi va o‘sha joyga tushib, suvsiz joyga asolarini urib chashmani chiqaradilar, so‘ngra bu joyda makon tutadi”.

Garasha (Mavlono Grekushoh) qishlog‘ining nomi “tugun yechuvchi” so‘zidan olingan bo‘lishi mumkin. Ba’zan buloq atrofida minglab odamlar uchun tepalik-qo‘rg‘on quriladi. Rivoyatlarga ko‘ra, bu qurilish XII asrda amalga oshirilgan.

Axborotchilarning ma’lumot berishicha, “buloq suvi shifobaxsh xususiyatiga ega bo‘lib, masalan, sariq kasallikni davolaydi, teridagi turli dog‘larni ketkazadi, quturgan it tishlaganlar shu suvda cho‘miladi, bu buloqning suvidan ichish turli oshqozon-ichak kasalliklariga ham foydalidir”.

Garasha qishlog‘i keksalari Umarxon bobo Ixtiyorov, Homid bobo Abdurahmonov, Rauf bobo Rashidov, Abdurahmon bobo Asrorov, Sulaymon bobo Tovboyevlar tomonidan saqlab kelingan juda ko‘hna arab imlosidagi ikki hujjat 2000-yilda respublika Madaniyat va sport ishlari vazirligiga taqdim etilgan bo‘lib, ular o‘rganib chiqilgan.

Birinchi hujjatning orqasida muhri bor, lekin u kimning muhri ekanligini aniqlash imkoni bo‘lmagan. Hujjatda keltirilgan sana 841 hijriy yil hisobi bo‘lib, milodiy 1438 yil, ya’ni Movarounnahr poytaxti Samarqandda Sulton Mirzo Ulug‘bek hukmronlik qilayotgan davrga to‘g‘ri keladi. Unda, jumladan, quyidagilar yozilgan: “Hijriy 841-yil rabi ul-avval oyining 12-kunida sulton yozgan guvohnomada (bu yerda Mirzo Ulug‘bek nazarda tutilmoqda) Mavlono Garishoh yaqinlaridan bo‘lgan hoji Shamsiddin Muhammadga So‘g‘di Kalon mavzesidagi Marvak qishlog‘i suyurg‘ol tarzida taqdim etilgan.

Ikkinchi hujjatda “909-hijriy (1503 milodiy yili) Mavlono Garishoh avlodidan bo‘lgan kishiga hadya qilingan... (o‘qib bo‘lmadi). So‘g‘di Kalon tumanidagi qishloq va yerlarni suyurg‘ol tarzda berilgan” deyiladi. (Qarang: https://youtube.com/shorts/tOOD5AGZoh4?si=BxkIAcP9gLJedIte )

Mustaqillik yillarida Muhammad Sharif xonaqosi, masjidi qayta ta’mirlanib, yangicha qiyofa kasb etgan. “Jondahar ota” ziyoratgohida buloqni muhofaza qilish, obodonlashtirish yuzasidan katta ishlar qilingan. Garasha qishlog‘ining tarixi haqida shu yerda tug‘ilib, kamol topgan ko‘plab ziyolilar ham tarixiy, adabiy va etnografik maqolalar yozishgan. Shoir va jurnalist, jamoat arbobi Sa’dulla Hakim Garasha afsonalari ta’sirida yaxshi she’rlar bitganligi hammaga ma’lum.

Adabiyotlar:

1.     Dala yozuvlari. Jizzax viloyati, Forish tumani, Garasha qishlog‘i, 2024 yil.

2.     Эралиев Б, Остонақулов И, Ақчаев Ф. Ўзбекистон зиёратгоҳлари ва қадамжолари. 4-китоб. – Тошкент: Туронзамин, 2017. – Б. 111.

 

Tayyorladi: PhD. Sh.M. Abdusatorov

 
 
 

1 Comment


Foydali ma'lumotlar uchun rahmat

Like
photo_2025-01-03_09-46-12_edited.jpg

Biz haqimizda

Forish tumani turizm portali Forish tumani bo‘ylab sayohatlar uchun mo‘ljallangan sayt. Bu platforma hududning boy etnografik, tarixiy va tabiiy merosini targ‘ib qilish uchun yaratilgan. Sayt orqali tumanning diqqatga sazovor joylari, mahalliy aholi turmush tarzi, hunarmandchiligi va tabiat go‘zalliklari haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

© 2024 by Forish Etnomadaniy Turizm. All rights reserved.

  • Youtube
  • Instagram

All Videos

All Videos

All Videos
Forish tuman Mojrum qishlog'i Toshqal'a xarobasi

Forish tuman Mojrum qishlog'i Toshqal'a xarobasi

04:06
Forish tumani Mojrum tog'lariga sayohat

Forish tumani Mojrum tog'lariga sayohat

00:27
Forish tumanida tarixiy yodgorliklarni muzeylashtirish tadbiri

Forish tumanida tarixiy yodgorliklarni muzeylashtirish tadbiri

02:08
bottom of page