top of page
Search

Narvoy ota ziyoratgohi haqida


Forish tumani hududida joylashgan Narvoy qishlog‘i Nurota tog‘ tizmasining janubiy dala-dashtlaridagi eng katta qishloqlardan biri hisoblanadi. Qishloqning tabiati nihoyatda go‘zal, ikki tomonida baland adirliklar, sersuv buloqlari ko‘pdir. Qishloqning eng yuqori qismida “Suvqo‘shilish”, “Narvoy ota”, “Haydarboyning hayoti”, “Qo‘nishboyning ravoti”, “To‘ng‘izlik mulla Ahmad boboning bog‘i”, “Kenjaboyning hayoti”, “Allayorboyning olmazori”, “Keldiyorboyning o‘rikzori” deb atalguvchi mevali va manzarali daraxtzorlardan iborat go‘zal bog‘lar mavjud. Bu bog‘lar yakka xo‘jalikni tugatish yillarida davlat mulkiga aylantirilgan[1].

“Narvoy ota” qabristonida qabrlar ustiga qo‘yilgan beshik shaklidagi marmar toshlar va undagi yozuvlar qishloq tarixiga guvohlik beradi. Yozuvlar arab va fors tilida yozilgan. Axborotchilar ma’lumot berishicha, 2003 yilda narvoyliklar iltimosiga asosan, olimlar Faxriddin va Muzaffar eshonlar qabr toshlaridagi yozuvlarni o‘qib, sharhlab bergan.

Birinchi qabrtoshida: “Qutlug‘ Xo‘ja qizi bibi Qutlug‘ Tekin 77 yoshda bandalikni bajo keltirdi”, deb yozilgan ed.

Ikkinchi qabrtoshda: “Shamsutdin Sayfutdin o‘g‘li 867 hijriy yilda qo‘yildi”, deb yozilgan[2].

Qishloq nomining “Narvoy” deb atalishi haqida ham yozma manbalarda ma’lumotlar topilmagan. Rivoyatlarga ko‘ra, qishloq aholisining kelib chiqishi o‘zbeklarning 92 urug‘idan biri mang‘itlarga borib taqaladi. Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” asarida yozilishicha, “Mang‘it” so‘zi “manglayli ot” degan ma’noni bildiradi. Otning hammasida ham manglay bo‘ladi, lekin gap otning manglayidagi qashqasi haqida ketmoqda. Otning oq qashqasi borini minguvchilar “oq mang‘it”, qora qashqasi borini minguvchilarni “qora mang‘it” deb atalgan. Shuning uchun axborotchilarning aytishicha, ana shu mang‘it urug‘idan bir guruhi Narvoy qishlog‘iga ko‘chib kelib joylashganida ular orasida eng katta yoshdagi inson Narvoy bobo bo‘lgan. U kishi shayx bo‘lib, hozirgi “Narvoy ota ziyoratgohi” o‘rnida yashagan va shu yerdagi g‘orga kirib g‘oyib bo‘lgan ekan[3].

Alisher Navoiy asarlari lug‘atida “narvoy” “sersoya, daraxtlar tig‘iz o‘sadigan joy” ma’nosini bildiradi, deb ko‘rsatilgan. Haqiqatan ham “Narvoy ota”da behisob buloq suvlari biri-biriga ko‘shilib katta chashma hosil qilib oqib yotadi. Chashmaning ikki yoqasida o‘n metrdan ellik metrgacha kenglikda sersoya, sarvqomat, qurilishbop manzarali daraxtlarning borligi yuqoridagi lug‘aviy ma’noni tasdiqlaydi[4].

Xulosa qilib aytish mumkinki, Jizzax vohasi xususan, Forish tumani turli shakldagi ziyoratgoh va qadamjolarga boy mintaqa hisoblanadi. Ular qadimdan voha aholisi tomonidan asrab-avaylab kelinganligini kuzatishimiz mumkin. Ziyoratgohlarda insonlar ajdodlar an’anasini davom ettirish, shaxsiy hayotidagi muammolarni bartaraf etish va jamoaviy tadbirlar sababli turli ko‘rinishdagi marosimlar o‘tkazib kelishgan. Shuningdek, ziyoratgohlar, qadamjolar va ular bilan bog‘liq urf-odatlar, marosimlar o‘zida Forish tumani tarixi va etnografiyasini aks ettirgan.

Adabiyotlar:

1.      Эралиев Б, Остонақулов И, Ақчаев Ф. Ўзбекистон зиёратгоҳлари ва қадамжолари. 4-китоб. – Тошкент: Туронзамин, 2017. – Б. 111.

2.      Dala yozuvlari. Jizzax viloyati, Forish tumani, Narvoy qishlog‘i, 2024 yil.

3.      Dala yozuvlari. Jizzax viloyati, Forish tumani, Narvoy qishlog‘i, 2024 yil.

4.      Эралиев Б, Остонақулов И, Ақчаев Ф. Ўзбекистон зиёратгоҳлари ва қадамжолари. 4-китоб. – Тошкент: Туронзамин, 2017. – Б. 112.

 

Tayyorladi: PhD. Sh.M. Abdusatorov

 
 
 

Comments


photo_2025-01-03_09-46-12_edited.jpg

Biz haqimizda

Forish tumani turizm portali Forish tumani bo‘ylab sayohatlar uchun mo‘ljallangan sayt. Bu platforma hududning boy etnografik, tarixiy va tabiiy merosini targ‘ib qilish uchun yaratilgan. Sayt orqali tumanning diqqatga sazovor joylari, mahalliy aholi turmush tarzi, hunarmandchiligi va tabiat go‘zalliklari haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

© 2024 by Forish Etnomadaniy Turizm. All rights reserved.

  • Youtube
  • Instagram

All Videos

All Videos

All Videos
Forish tuman Mojrum qishlog'i Toshqal'a xarobasi

Forish tuman Mojrum qishlog'i Toshqal'a xarobasi

04:06
Forish tumani Mojrum tog'lariga sayohat

Forish tumani Mojrum tog'lariga sayohat

00:27
Forish tumanida tarixiy yodgorliklarni muzeylashtirish tadbiri

Forish tumanida tarixiy yodgorliklarni muzeylashtirish tadbiri

02:08
bottom of page