top of page
Search

Mojrumda ochiq osmon ostidagi etnoturistik maskan tashkil etiladi

Updated: May 5, 2025

Tark etilgan shahar qoldiqlari
Tark etilgan shahar qoldiqlari

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar doirasida Oʻzbekiston milliy universiteti tomonidan Jizzax viloyatida “Tarixiy obyektlar va tabiiy maskanlar uygʻunligi asosida Forish tumani turistik salohiyatini oshirish” nomli amaliy loyiha boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida universitetning Tarix fakulteti “Arxeologiya” kafedrasi professor-oʻqituvchilari joriy yilning avgust noyabr oylarida Forish tumanida oʻtkazgan dala etnografik va arxeologik tadqiqotlari davrida tumanning turistik salohiyatini oshirish maqsadida Uxum, Mojrum, Garasha, Osmonsoy, Uchquloch, Andagen, Egizbuloq, Qoratosh kabi qishloqlari yaqindan oʻrganildi. Ayniqsa Mojrum qishlogʻida tarixiy-etnografik manzillar yaxshi saqlangan boʻlib, u yerda yashayotgan turli etnik va etnografik guruhlar oʻzlarining anʼanaviy turmush tarzini bugungi kunga qadar yaxshi saqlab kelayotganligi aniqlandi. Mojrum qishlogʻida etnografik turizmni rivojlantirish orqali tarixiy madaniyat joylariga, etnografik qishloq muhitiga tashriflarni yoʻlga qoʻyish orqali Forish tumanida turizm marshrutlarini ishlab chiqish va turpaketlarni taklif qilish borasida ishlar boshlab yuborilgan. Mojrum qishlogʻining boy etnografiyasi, anʼanaviy moddiy va maʼnaviy madaniyati “Mojrum” ochiq osmon ostidagi etnoturistik maskan joriy etilishida asos boʻlmoqda.

Ayniqsa, Mojrumning goʻzal tabiati va bugungi kunga qadar qishloqlarda saqlanayotgan folklor marosimlar, mahalliy aholi tomonidan foydalanilayotgan anʼanaviy temirchilik, tegirmonchilik kabi hunarmandchilik turlari sayyohlar uchun haqiqiy maʼnodagi ekzotikani taqdim eta oladi.



Muallif: PhD Nabijon Narziyev

 
 
 

Comments


photo_2025-01-03_09-46-12_edited.jpg

Biz haqimizda

Forish tumani turizm portali Forish tumani bo‘ylab sayohatlar uchun mo‘ljallangan sayt. Bu platforma hududning boy etnografik, tarixiy va tabiiy merosini targ‘ib qilish uchun yaratilgan. Sayt orqali tumanning diqqatga sazovor joylari, mahalliy aholi turmush tarzi, hunarmandchiligi va tabiat go‘zalliklari haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

© 2024 by Forish Etnomadaniy Turizm. All rights reserved.

  • Youtube
  • Instagram

All Videos

All Videos

All Videos
Forish tuman Mojrum qishlog'i Toshqal'a xarobasi

Forish tuman Mojrum qishlog'i Toshqal'a xarobasi

04:06
Forish tumani Mojrum tog'lariga sayohat

Forish tumani Mojrum tog'lariga sayohat

00:27
Forish tumanida tarixiy yodgorliklarni muzeylashtirish tadbiri

Forish tumanida tarixiy yodgorliklarni muzeylashtirish tadbiri

02:08
bottom of page